G‘alla ekish ishlarining borishi o‘rganildi
Surxondaryo viloyatida 2026-yil hosili uchun g‘alla ekish ishlari jadal sur’atlarda amalga oshirilmoqda. Hozirgi kunda bo‘sh yer maydonlarda urug‘ sepish jarayonlari tashkil etilgan. Asosiy e’tibor yog‘in-sochinli kunlar boshlanishidan oldin ekishni sifatli va o‘z vaqtida yakunlash, sovuq mavsum kirib kelguncha uni undirib olishga qaratilgan.
Bugun viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov Angor, Muzrabot va Sherobod tumanlarida bo‘lib, g‘alla ekish ishlarining borishini o‘rgandi. Joylarda agrotexnik talablarga to‘liq rioya etish, tuproq va iqlim sharoitlaridan oqilona foydalanish, suv resurslarini tejamkorlik bilan ishlatish yuzasidan aniq vazifalar belgilab berildi. 29.10.2025-yil